У нас есть только
оригинальные песни

Fransiya chempionati. «PSJ»da yana yirik g'alaba va boshqa natijalar

calendar 28.01.2018
926

«PSJ» Fransiya chempionatining 23-turida «Monpele»ni yirik hisobda yengdi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlar 4 uchrashuvdan iborat mag'lubiyatsiz seriyasini Parijda yakunlashdi.

O'yinning 11-daqiqasida Edinson Kavani parijliklarni oldinga boshladi. Bo'lim davomida Neymar penaltidan hisobni oshirdi. 70-daqiqada Anxel Di Mariya mehmonlar darvozasiga uchinchi golni yo'lladi, o'yin oxirida Neymar dublni rasmiylashtirdi.

Endilikda «PSJ» 59 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda davom etmoqda. «Monpele» 31 ochkosi bilan yettinchi pog'onada joylashgan.

Bu turda «Nitstsa» «Metts»ga yutqazdi. Mettsdagi «Munisipal Seynt-Simforen» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

«Nitstsa»ning Mario Balotelli tomonidan urilgan goliga, «Metts» safida Nolan Ru dubl bilan javob qaytardi.

Tur doirasidagi boshqa o'yinlarda «Nant» «Gengam»ni yengdi (3:0), «Sent-Eten» «Kan»dan ustun keldi (2:1), «Tuluza» «Trua»ni mag'lub etdi (1:0), «Amen» esa «Anjye»ga yutqazdi (0:1).

Fransiya chempionati
23-tur

PSJ – Monpele 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 11 Kavani, 2:0 – 40, penalti Neymar, 3:0 – 70 Di Mariya, 4:0 – 82 Neymar.
PSJ – Areolya, Mene, Tiago Silva (Markinos, 46), Kimpembe, Kurzava, Draksler (Pastore, 67), Lo Chelso, Rabo (Nkunku, 77), Di Mariya, Kavani, Neymar.
Monpele – Lekomt, Pedru Mendesh, Ilton, Kongre, Mukiyele (Dolli, 77), Sambiya, Skiri, Lasn, Kotstsa, Mbenza (Ninga, 64), So (Kamara, 64).
Ogohlantirishlar: Kavani (12), Pedru Mendesh (39), Skiri (55).

Metts – Nitstsa 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 50 Ru, 1:1 – 57 Balotelli, 2:1 – 62 Ru.
Metts – Kavasima, Rivere (Baliu, 64), Diane, Nyaxate, Palmeri, Koad, Mandjyek, Molle (Bulaya, 76), Milichevich, Ru (Nyan, 88), River.
Nitstsa – Benites, Byurne, Dante, Sarr, Koli, Le-Melu, Mendi (Tamez, 75), Seri (Makengo, 82), Srarfi (Ganago, 84), Balotelli, Plea.
Ogohlantirishlar: Seri (15), Byurne (31), Diane (33), Balotelli (45), Ru (51), Nyaxate (57), Koad (66), Dante (79), Ganago (87).
Chetlatish: Le-Melu (38).

Tuluza – Trua 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 11 Sanogo.
Tuluza – Lafon, Yago, Diop, Amen Adu, Silla, Kayuzak, Jan (Mishlen, 83), Sangare, Imbula, Durmaz (Mubandjye, 81), Sanogo (Delor, 53).
Trua – Jyelyazny, Deplan, Viskarrondo, Jirodon, Traore, Konfe (Tinyan, 77), Azamum, Pele (Gabriel, 7), Kaui, Darbon (Gransir, 28), Nyan.
Ogohlantirishlar: Gabriel (38), Viskarrondo (43), Sangare (47), Azamum (87), Tinyan (90).
Chetlatish:
Jirodon (3).

Sent-Eten – Kan 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 11 Rodelen, 1:1 – 35 Ntep, 2:1 – 78 Bamba.
Sent-Eten – Ryuffe, Yanko, Subotich, Perren, Silva, Mvila (Selnes, 74), Diusse, Monne-Pake (Bamba, 63), Kabella, Ntep (Amuma, 63), Berich.
Kan – Verkutr, Jyenevua (Bazil, 83), Da Silva, Djiku, Gilber, Sanko, Peters, Bessa, Fere (Nkololo, 83), Santini, Rodelen.
Ogohlantirishlar: Mvila (64), Peters (84), Silva (90).

Anjye – Amen 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 6 Kapel.
Anjye – Byutel, Manko, Traore, Pavlovich, Andre, Santamariya, Ketkeofomfon (Pyuyo, 79), Te (Kanga, 90), Mangani, Kapel (Ture, 86), Toko-Ekambi.
Amen – Gyurtner, Sissoko, Guano, Adenon, Dibassi, Zungu (Fofana, 71), Monkondyui, Gakpe (Manzala, 18), Kakuta, Mendosa, Konate (Bodmer, 75).
Ogohlantirishlar: Dibassi (37), Zungu (54), Pavlovich (60), Adenon (90).

Gengam – Nant 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 61 Tomasson, 0:2 – 86, penalti Sala, 0:3 – 90 Ngom.
Gengam – Yunsson, Ikoko, Kerbra, Sorbon, Tabanu, Diallo, Do (Blas, 77), Salibur (Tyuram, 63), Ngbakoto (Beneze, 63), Koko, Brian.
Nant – Teterushanu, Dyubua, Diyego Karlos, Pallua, Djidji, Andrey Jirotto, Krxin (Ture, 75), Bammu (Kachaniklich, 56), Ronjye (Ngom, 85), Tomasson, Sala.
Ogohlantirishlar: Diyego Karlos (17), Krxin (30), Pallua (40), Diallo (50), Ikoko (64).

Яндекс.Метрика