У нас есть только
оригинальные песни

Fransiya iqlim bo‘yicha Parij bitimini imzolagan birinchi mamlakat bo‘ldi

calendar 23.04.2016
765

Fransiya Global iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash bo‘yicha Parij bitimini imzolagan birinchi mamlakat bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”. BMT bosh qarorgohidagi tantanali marosim chog‘ida hujjatni mamlakat prezidenti Fransua Olland imzoladi.

Bundan oldin BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Parij bitimini “imzolash uchun ochiq” deb e’lon qildi. Hujjat BMT Bosh Assambleyasi tribunasi qarshisidagi podiumga joylangan. Fransiya bitim matni ma’qullangan dekabrdagi anjumanga mezbonlik qilgan mamlakat sifatida podiumga birinchi bo‘lib taklif etildi.

Ollanddan so‘ng tribunaga 15 ta mamlakat vakillari ko‘tarildi, ular hujjatni imzolash bilan bir vaqtda uning ratifikatsiyasi haqidagi yorliqlarni topshirdi. Hujjatga yana 171 mamlakat imzo qo‘yishi kutilmoqda.

Iqlim bo‘yicha Parij bitimi 2015-yil 12-dekabrda Parijdagi anjuman yakunlariga ko‘ra qabul qilingan edi. Forumning 195 ishtirokchisi 2100-yilgacha sayyoradagi o‘rtacha haroratni sanoatgacha bo‘lgan davrdagiga nisbatan Selsiy bo‘yicha 2 darajadan ko‘proq oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib olgan edi.

Яндекс.Метрика