У нас есть только
оригинальные песни

Fransiya moliya vazirligi McDonald’s kompaniyasidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun 300 mln yevro undirmoqchi

calendar 20.04.2016
828

Fransiya moliya vazirligi AQShning McDonald’s tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘ini mamlakat hududida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblab, kompaniyadan 300 million yevro undirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Express jurnali axborotiga tayanib, “TASS” yozmoqda.

Idora mutasaddilarining hisob-kitobiga qaraganda, to‘lanmagan soliqlarning umumiy hajmi 300 million yevroga boradi; bu summaning 100 million yevrolik qismini jarima tashkil qiladi.

2013-yilda kompaniya ofisida to‘lanmay qolgan soliq miqdorini aniqlash maqsadida tintuvlar o‘tkazilgan edi. O‘sha paytda Fransiya rasmiylari McDonald’s 2,2 milliard yevro soliq yashirgan, degan fikrda edi — aynan shu miqdordagi pullar Lyuksemburg va Shveysariyadagi filiallarga noqonuniy chiqarilgan deb hisoblanardi. 2015-yilda bir yo‘la uchta kasaba uyushmasi kompaniyani besh yil ichida Fransiya xazinasiga 1 milliard yevro soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblagan edi.

McDonald’s kompaniyasi Fransiyadagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biridir.

Яндекс.Метрика