У нас есть только
оригинальные песни

Fransiya politsiyasi Ronalduni ko‘chada kichik hojat qilayotganda tutib oldi

calendar 02.06.2015
5282

Fransiyaning San-Trope shahri politsiyasi Madridning "Real” klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduni shahar ko‘chalaridan birida kichik hojatini chiqarayotganda ko‘rib qolib, unga og‘zaki ogohlantirish berdi, deb xabar qilmoqda The Daily Mirror. Foto: The Daily Mirror Foto: The Daily Mirror Qayd etilishicha, voqea 1-iyun tongida sodir bo‘lgan. Portugaliyalik futbolchi do‘stlari bilan Le Quai klubidan chiqib, mehmonxonaga yo‘l olgan vaqtda Ronaldu ko‘chadagi avtomobillardan birining ortiga o‘tib kichik hojat qilgan. Foto: The Daily Mirror Foto: The Daily Mirror Politsiyachilar Ronalduning oldiga kelib, jamoat joyida bunday harakat mumkin emasligini ma’lum qilgan va bu hududni tark etishni so‘ragan. Futbolchi politsiyachilarning ko‘rsatmasiga bo‘ysunib, voqea joyini tark etgan.

Яндекс.Метрика