Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron qisqa muddatli tashrif bilan Saudiya Arabistoniga keldi. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, Ar-Riyod xalqaro aeroportida Makronni valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon kutib olgan.
Ma`lum qilinishicha, Makron Yamandan Saudiya Arabistoni tomon raketa otilgandan keyin Ar-Riyodga kelishga qaror qilgan. Bundan tashqari, Makron Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qilmoqchi.
Avvalroq yamanlik husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti tomon raketa otishgani ma`lum qilingandi. Raketa Saudiya Arabistoni havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari tomondan urib tushirilgan.