У нас есть только
оригинальные песни

Fransiya Umtitining goli evaziga Belgiyani mag‘lub etib, JCh—2018 finaliga chiqdi

calendar 11.07.2018
752

10-iyul sanasida futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati yarim finali doirasida birinchi juftlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Fransiya hamda Belgiya terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi.O‘yinga “Sankt-Peterburg” stadioni mezbonlik qildi. Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida hal etildi. Antuan Grizmanning burchakdan oshirib bergan to‘pini Samuel Umtiti Tibo Kurtua qo‘riqlayogan darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa 1:0 hisobida g‘alaba qozonga fransuzlar JCh—2018 finalida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Ikkinchi yarim final bahsi 11-iyul sanasida Angliya hamda Xorvatiya jamoalari o‘rtasida kechadi.

Jahon Chempionati

1/2 final bahslari

10-iyul, seshanba

Fransiya—Belgiya 1:0

Gol: 1:0—51 Umtiti.​

Яндекс.Метрика