У нас есть только
оригинальные песни

Fransiyada 4 gramm tosh bosadigan robot yaratildi

calendar 30.09.2015
1235

Lozannadagi (Fransiya) federal politexnika maktabi mutaxassislari og‘irligi 4 gramm keladigan robotni namoyish etdi. Olimlarning ta’kidlashicha, Tribot yaratilishiga ularni odimchi qurtning harakatlari ilhomlantirgan.

Tribot nafaqat o‘rmalashi, balki bo‘yidan yetti barobar oshiqroq balandlikka sakrashi, shundan so‘ng esa tanaffussiz harakatini davom ettirishi mumkin. Jemi Payk boshchiligidagi jamoa robotni yaratish uchun titan va nikeldan foydalangan.

Garchi uni yaratish chog‘ida aniq bir maqsad ko‘zlanmagan bo‘lsa-da, robot zarurat tug‘ilgan taqdirda Yer yuzining istalgan qismiga jo‘natilishi mumkin. Xususan, datchik va kameralar o‘rnatilsa, josuslik hamda qutqaruv amaliyotlarida qo‘l kelishi aytilmoqda.

Яндекс.Метрика