У нас есть только
оригинальные песни

Fransiyada prezidentlik saylovi boshlandi

calendar 23.04.2017
911

Fransiyada mahalliy vaqt bilan soat 08:00da (Toshkent vaqti bilan soat 11:00) mamlakat prezidentligi saylovining birinchi turida ovoz berish jarayoni boshlandi.

Prezidentlik lavozimi uchun 11 nomzod kurash olib boradi.

Asosiy favoritlar «Marshda» harakati yetakchisi Emmanuel Makron, Milliy front rahbari Marin Le Pen, «Respublikachilar» ya`ni, o'ng partiyalar va markazchilar nomzodi Fransua Fiyon hamda «Bo'ysunmas Fransiya» harakati yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon bo'lib turibdi.

Saylovda 45 milliondan ortiq fransuz qatnashishi mumkin.

22 aprel kuni Fransiyaning okeanorti hududlaridagi saylov uchastkalari ochilgandi.

Яндекс.Метрика