У нас есть только
оригинальные песни

Fransiyada sun’iy yurak o‘rnatilgan uchinchi kishi halok bo‘ldi

calendar 23.12.2015
1256

Fransiyada sun’iy yurak o‘rnatilgan uchinchi odam vafot etdi. Bu haqda bioprotez ishlab chiqargan Carmat kompaniyasi ma’lum qildi.

74 yoshli bemor 18-dekabr kuni olamdan o‘tgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, surunkali buyrak yetishmovchiligi tufayli uning nafasi to‘xtab qolgan.

Sun’iy yurak unga 8-aprelda ko‘chirib o‘tkazilgan, avgust oyining oxirida esa u uyiga qaytgandi.

Tekshiruvlar bioprotezning ishlashi bemorning o‘limiga aloqador emasligini ko‘rsatdi. Bemor bir qancha og‘ir kasalliklar bilan og‘rigan, shu jumladan buyrak yetishmovchiligidan ham.

Ilk bor Carmat yuraklarini o‘rnatish operatsiyasi 2013-yilning 18-dekabrida bo‘lib o‘tgandi. 76 yoshli erkak operatsiyadan so‘ng 75 kun yashadi. 2015-yilning may oyida esa ikkinchi bo‘lib sun’iy yurak qo‘ydirgan 69 yoshli erkak operatsiyadan 9 oy o‘tgacholamdan o‘tdi.

Яндекс.Метрика