Fransuzcha nonushta — shokoladli kruassan

Kruassan va qahva haqiqiy fransuzcha nonushta hisoblanadi. U qatlama yoki oshirilgan xamirdan tayyorlanadi. Kruassan rogalik shaklida o‘raladi va yarim oy shaklida bo‘ladi. Shu sababli uning nomlanishi ham shaklidan kelib chiqqan (fransuzchada “kruassan” “yarimoy” deb tarjima qilinadi).

Ichiga shokolad solingan haqiqiy fransuzcha kruassan retseptini e’tiboringizga havola etamiz.

Kerakli masalliqlar:

– Tayyor qatlama xamir;

– 1 plitka shokolad (achchiq yoki sutli);

– 1 ta tuxum;

– 1/2 choy qoshiq shakar (vanil shakari ishlatish ham mumkin).

Tayyorlanishi:

Birinchi navbatda plitka shokoladni kichik bo‘lakchalarga bo‘lamiz. Shokolad muzdek va folgada bo‘lsa bo‘lish osonroq.

Xamirni dastlab to‘g‘riburchaklarga kesib chiqamiz. So‘ngra har bir to‘g‘riburchakni diagonaliga kesamiz. Shunda uchburchaklar hosil bo‘ladi.

Uchburchaklardan birini olib, uning eng qisqa tomoniga shokolad bo‘lakchasini qo‘ying. Qo‘lingizni yog‘lab, kruassanni asosidan yuqoriga qarab o‘rab borasiz. Shokolad uning ichida qolishi kerak. Har bir uchburchakni shu tarzda o‘rab chiqasiz.

Tuxumni idishga chaqib, unga shakar qo‘shamiz va aralashtiramiz. Kruassanlarni duxovka listiga joylab, har biriga tuxum surib chiqamiz. 200 darajagacha qizdirilgan duxovkada 20 daqiqa davomida pishiramiz. Ularning tayyor bo‘lganligini tilla rangga kirganidan bilish mumkin. Shuningdek, tayyor bo‘lishiga 3—4 daqiqa qolganda oshxonaga vanil va shokolad hidi tarala boshlaydi.


Комментарии (0) | Добавить: 22.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Nega chivinlar ba’zi odamlarni boshqalarga nisbatan ko‘p chaqadi?
Suriyada Rossiyaning "Terminator-2" jangovar mashinasi payqaldi
Kino vaqti reklama qo'ymaslik mumkinmi? Qonunda nima deyilgan?
Eron isbotlangan gaz zaxiralari bo'yicha yetakchilik qilmoqda
Xitoy startapi 8 ming dollarlik elektromobillar sotishni boshlaydi
Nega avtosanoatimiz o'z aravasini o'zi tortolmay, hukumat yordami bilan sudralib kelmoqda?
Facebook seriallar suratga olishni boshlaydi
Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti kuni bemorlar holidan xabar oldi
Xayr, maktabim! Mashhur yulduzlar maktab davrida qanday bo'lishgan?
Sankt-Peterburgda “rus Titanigi” haqida film suratga olinadi
AQSh uchinchi davlatlarga “bostirib kirishni” BMT orqali qonuniylashtirish niyatida
Durov: Telegram’ning to'sib qo'yilishi terrorchilarga muammo keltirib chiqarmaydi
Farhon va Shirin ijrosida yangi qo'shiq "Gulim Mani"
O'zbekistonda Ramazon hayiti namozi ado etildi
BAA prezidenti 2014 yildan beri birinchi marta omma oldida ko'rinish berdi
Rossiyada ishlashni istovchilar Toshkentda pullik imtihon topshirishlari mumkin
Zarina Nizomiddinovadan yangi Fotosessiya - 2017
Uzoq masofadan o'q uzish bo'yicha rekord yangilandi
Olimlar tavsiyasi: "Yozda vitaminlar iste`molida ehtiyot bo'ling"
Samsung tarixidagi eng qimmat flagman taqdimotiga oz qoldi
Jenifer Lopez katta ekranlarga qaytmoqda
Sobiq er yuzlab odamlar oldida xotinini chavaqlab tashladi
Google'da bo'sh ish o'rinlarini izlash funksiyasi ishga tushdi
Farg‘ona viloyatida ayol erini yog‘och bo‘lagi bilan o‘ldirib qo‘ydi
Messi «Barselona» akademiyasida to'p tepib yurgan paytlar (video)
Putin va Tramp musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutlashdi
Erdo'g'an Hayit namozi vaqtida hushidan ketdi
Jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messi 30 yoshga qadam qo‘ydi
Qarilikdagi aqli zaiflik xavfini kamaytirishning 6 usuli
Smartfonlar sinovi: Mikroto'lqinli pechdan qaysi smartfon omon chiqdi?