У нас есть только
оригинальные песни

Frantsiya g'oz va o'rdaklar etishtirishni vaqtincha taqiqladi

calendar 03.05.2016
2880

Frantsiya fua-gra ishlab chiqarishni uch oy muhlatga taqiqladi. Bunga qush grippi tarqalishidan xavfsirash sabab bo'ldi, deb xabar beradi Le Figaro. 

Ma'lum bo'lishicha, taqiq Frantsiyaning janubi-g'arbidagi 18ta departamentga taalluqli bo'ladi. Chunki aynan shu hudud bo'yicha 60 foiz holatda o'limga olib keluvchi xafvli xastalikning tarqalish xatari yuqori hisoblanadi. 

Korxonalarda avgust oyi o'rtalariga qadar o'rdak yoki g'ozlar boqish mumkin emas. Dastlabki hisob-kitobga ko'ra, ularga etgan ziyon 130 million evrodan iborat. Qishloq xo'jaligi vazirligi ushbu zararni qoplashiga qaramasdan, mintaqa iqtisodiyoti jiddiy ziyon ko'radi. 

Cifog ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi vakili Mari Per Pening so'zlariga ko'ra, ishlab chiqarishni muzlatish biznes qiyinchiliklarini tug'diradi hamda 4 mingga yaqin ishchining maoshi bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. 

Fua-gra – yaxshilab boqilgan g'oz yoki o'rdakning maxsus tarzda tayyorlangan jigari.

Яндекс.Метрика