У нас есть только
оригинальные песни

Frantsiya Grizmanning dubli evaziga Irlandiyani engib, chorak finalga chiqdi

calendar 26.06.2016
798

Bugun Lion shahridagi Stad de Lion stadionida Еvropa chempionati nimchorak finali doirasida turnir mezbonlari Frantsiya terma jamoasi Irlandiyaga qarshi o'yin o'tkazdi.

O'yinning ilk daqiqasidayoq Pol Pogba Shey Longga nisbatan qoida buzdi va hakam penalti belgiladi. Penaltini Breydi aniq amalga oshirdi 1:0.

Ikkinchi bo'limda esa Antuan Grizmann 2ta gol urib, frantsuzlarga g'alaba keltirdi.

O'yinning 66 daqiqasida irlandiyaliklar himoyachisi Daffi qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Frantsiya – Irlandiya 2:1
Gollar: 0:1 – 2, penalti Breydi, 1:1 – 57 Grizmann, 2:1 – 61 Grizmann.
Frantsiya – Loris, Rami, Evra, Sanya, Koselni, Matyuidi, Kante (Koman, 46; Sissoko, 90), Payet, Pogba, Grizmann, Jiru (Jinyak, 74).
Irlandiya – Rendolf, Kio, Uord, Koulmen, Daffi, Breydi, Makkarti (Xulaxan, 72), Xendrik, Makkleyn (O′Shi, 69), Long, Merfi (Uolters, 65).
Ogohlantirishlar: Koulmen (25), Kante (27), Xendrik (41), Rami (44), Long (72).
Chetlatish: Daffi (66).

Яндекс.Метрика