У нас есть только
оригинальные песни

Frantsiya prezidenti sartaroshining maoshi omma e'tiborini tortdi

calendar 13.07.2016
2549

Frantsiya davlat rahbari Fransua Ollandning sartaroshi oyiga qancha maosh olishini taxmin qila olasizmi? U davlat rahbarining oylik maoshidan salkam 5 ming evro kam ish haqi oladi. Le Point nashriningyozishicha, Frantsiyaning bosh sartaroshiga oyiga 9895 evro maosh beriladi. 

Qay etilishicha, 46-yoshli sartarosh Olive B. bilan mehnat shartnomasi 2012-yil mayida besh yil muddatga imzolangan. Unga ko'ra, sartarosh har doim prezident xizmatiga shay bo'lishi hamda xorijiy safarlarda unga hamrohlik qilishi kerak.  

Nashrning qayd etishicha, ushbu maosh Frantsiya vazirlariga beriladigan oylik maosh - 9940,2 evro bilan deyarli bir xil. Ta'kidlash kerak, Ollandning o'zi 2016 yilda maoshini 30 foizga qisqartirib, 14 999,78 evrogacha tushirgan edi. 

Яндекс.Метрика