У нас есть только
оригинальные песни

Frantsiyada gadjetlarga allergiyasi bo'lgan ayol nogiron deb topildi

calendar 30.08.2015
1104

Frantsiyaning Tuluza shahrida yashovchi Marin Richardga gadjetlarga allergiyasi bo'lgani uchun nogironlik nafaqasi tayinlandi.
Ayolda telefon, plashnet, noutbuk va boshqa qurilmalardan chiquvchi elektr magnit nurlanish alllergiya keltirib chiqaradi.
Frantsiyada boshqa ko'pchilik davlatlardagi kabi yuqori darajadagi elektr magnit sezuvchanlik rasman kasallik deb tan olinmagan. Biroq shunga qaramasdan mahalliy hokimiyat ayolni nogiron deb tan olib, unga har oy 920 dollarlik nafaqa to'lashga rozi bo'ldi,
Mobil telefonlar, simsiz aloqa internet manbalari, televizor va boshqa maishiy asboblar ta'siridan aziyat chekuvchi odamlar bu qurilmalarning ta'sir qilish maydonida bo'lganlarida jiddiy diskomfort sezadilar. Ko'pchilik bunday kasallar ularning yonida u yoki bu qurilma bo'lganida umuman normal hayot kechira olmasliklarini ta'kidlaydilar.
Elektr magnit nurlanish ta'sirchan odamlar salomatligiga haqiqatan ham ta'sir qilishi mumkinligiga qaramasdan, olimlarning aytishicha, bu kam uchraydigan kasallik juda kam tadqiq qilingan.
AQShda hattoki gadjet va simsiz internetdan qochgan odamlarning maxsus yashash joyi mavjud.
Яндекс.Метрика