У нас есть только
оригинальные песни

Frantsiyalik dorboz Tankred Mele 30 metr balandlikdan yiqilib halok bo'ldi

calendar 08.01.2016
1863

Frantsiyalik mashhur dorboz Tankred Mele 30 metr balandlikdan yiqilib halok bo'ldi. Bu haqda Flying Frenchies nomli akrobatlar guruhining feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.

Ma'lum qilinishicha, 5 yanvar kuni 32 yoshli Mele o'zining kasbdoshlari bilan aerostatni uchirishga tayyorlab turgan vaqtda, havo shari yuqoriga ko'tarila boshlagan va dorboz sharning savatchasiga qo'llari bilan osilib qolgan. Lekin, 30 metrga yaqin bo'lgan balandlikda Mele pastga tushib ketgan.

Marhumning yaqinlari u haqida iliq xotiralarini bildirib o'tishgan va uning o'z rafiqasi Tifani bilan birgalikda qizalog'i Leonini tarbiyalab kelishganini qayd etishgan.

"U hayotni juda sevardi. Lekin u bu hayotni juda erta tark etdi", deb yozadi ulardan biri.

Яндекс.Метрика