У нас есть только
оригинальные песни

Fujitsu mobil va kompyuter bo'linmalarini alohida kompaniyalarga aylantiradi

calendar 28.12.2015
843

     

Fujitsu kompaniyasi o'zining mobil va kompyuter ishlanmalari bilan shug'ullanuvchi bo'linmalarini ajratib olmoqchi. 2016 yilda ular Fujitsu’ning moliyaviy ko'rsatkichlariga ta'sir o'tkazmaydigan mustaqil kompaniyalarga aylanadi.

2014 yilda Yaponiyaning Sony kompaniyasi Vaio brendi ostida kompyuterlar ishlab chiqaruvchi bo'linmasini sotib yuborgan edi. Endilikda bozorning boshqa ishtirokchilari ham undan o'rnak oladigan ko'rinadi.

Kompyuter bo'linmasi Fujitsu Client Computing Limited nomi ostida 2016 yil 1 fevralidan ishlay boshlaydi, mobil bo'linma esa Fujitsu Connected Technologies Limited nomini oladi.

Apple kompaniyasining ustunligi yaqqol bo'lib turgan zamonda ko'plab kompaniyalar mana shunday choralar ko'rib, xarajatlarini kamaytirishga va asosiy kuchini boshqa sohalarga yo'naltirishga intilmoqda. Agarda bitta kompaniya bunday ishni eplay olmasa, unda zarar ko'rayotgan boshqa kompaniyalar bilan birlashish varianti ham mavjud. Jumladan, Toshiba, Fujitsu hamda Vaio brendining yangi egasi bo'lmish Japan Industrial Partners kompaniyalari birlashishi mumkinligi haqida gap-so'zlar tarqalmoqda. Shu yo'l bilan ular bozor inqirozidan qutulib qolishni rejalashtirmoqda.

Яндекс.Метрика