Fuqarolar tomonidan pora taklif qilish holatlari nega ko'payib bormoqda?

Qashqadaryo viloyati IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 2018 yilning 26 avgust kuni Qarshi shahar, I.Karimov ko'chasidagi “Yerqo'rg'on” bozori ro'parasida reyd tadbiri o'tkazildi. Mazkur tadbir vaqtida davlat raqam belgisi bo'lmagan “Neksiya” rusumli avtomashina piyodalarga yo'l bermay harakatlanib kelayotganligi uchun YPX xodimi serjant J.Avlayev tomonidan to'xtatiladi. Haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo'lganida avtomashina haydovchisi fuqaro F.Xamidov ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinani jarima maydoniga olib bormaslik uchun bir oklad miqdorda 180-200 ming so'm miqdorida pora berishini taklif qilayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora qo'rishni so'ragan. Bu haqda Kuz.uz’ga Qashqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

2018 yilning 27 avgust kuni soat 21:00 larda kapitan V.Xusanovning bildirgisi asosida viloyat prokuraturasi hamda viloyat IIB O'XB xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro F.Xamidov o'ziga tegishli bo'lgan “Neksiya” rusumli davlat raqamsiz avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 200.000 so'm pullarni viloyat IIB YHB AYPXB 1-otryad YPX ma`muriy binosida kapitan V.Xusanovga pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.Raxmonovga nisbatan 27.08.2018 yilda Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan 10401-2/2018-329-sonli jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuni ta`kidlab o'tish joizki, bu so'nggi kunlarda ichki ishlar organlari xodimiga pora taklif bilan bog'liq yagona holat emas.

Xususan, avvalroq Xorazm viloyatida pora olayotganida qo'lga tushgan shaxs IIV xodimiga ham pora berishga uringandi. Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi Tibbiy birlashma bo'limi boshlig'i Q.X o'z xodimidan pora olish va IIB xodimiga pora berish jinoyatlarini sodir qilgani uchun qo'lga olingan.

Shu yilning iyulida Q.X o'z xizmat mavqesidan foydalangan holda, qo'l ostidagi xodimi, hamshira Sh.B.dan 50 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda ushlangan edi. Shundan so'ng, unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 214-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi ochilgan. Biroq, u IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi boshlig'i A.Ro'zimovga murojaat qilib, agar jinoyat ishini o'zining foydasiga hal qilib bersa, unga taklif qilingan 50 AQSh dollarini 10 barobari miqdorida pul berishini bildiradi. Shundan so'ng, pora berishga uringan poraxo'r shu kuni taklif qilgan pulining 400 AQSh dollarlik qismini bo'linma boshlig'iga berayotganida jinoyat ustida qo'lga olinadi.

Bundan tashqari, joriy yilning iyul oyida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi K.R. rahbariyat nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda fuqaro R.A. qonunga xilof ekanligini bila turib, javobgarlikdan qutulish maqsadida o'ziga nisbatan to'plangan ma`muriy hujjatlarni ro'yxatga olmaslik va “Tiko” rusumli avtotransport vositasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga pora taklif qilayotganligini ma`lum qilgan. O'tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro R.A. xodimga 195000 so'm miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shuningdek, fuqaro B.A. ham unga nisbatan to'plangan ma`muriy hujjatlar yuzasidan o'ziga qonunga xilof ravishda yengillik yaratish va “Spark” rusumli avtotransport vositasini jarima maydonidan chiqartirib berish evaziga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi D.L.ga 500000 so'm miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Yuqoridagi misollardan ko'rish mumkinki, aksariyat holatlarda fuqarolarning o'zi pora berishga urinib, jinoyat sodir etishmoqda. Ular o'zlari bilib yoki bilmagan holda, ro'y bergan qonunbuzarlik holatidan tezroq qutulib chiqish ilinjida shunday qadamga borayotgan bo'lishlari mumkin.

Ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ham poraxo'rlik va tamagirlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish borasida bir qator chora-tadbirlar belgilangan. «Ichki ishlar vazirligi kelgusida ham fuqarolar tomonidan xodimlarga qonunga xilof ekanligini bila turib, pora taklif qilingan har bir holatga nisbatan qonunda belgilangan tartibda murosasiz kurash olib boradi», - deya bayonot bilan chiqqandi IIV.

2017 yilda mansabdor shaxslarga pora berish bilan bog'liq 1,7 mingdan ortiq jinoyat ishi bo'yicha sud hukmi o'qilgan. Natijada 2,5 ming nafarga yaqin shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Pora berish jinoyat hisoblanib, bu qilmishni sodir etganlar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Jumladan, pora berish, ya`ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari pora olish, pora olish-berishda vositachilik qilish bilan bog'liq jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan amalga oshirilsa va ko'p miqdorda sodir etilgan bo'lsa - besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish juda ko'p miqdorda, uyushgan guruh manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa - o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shaxsga nisbatan pora so'rab tovlamachilik qilingan bo'lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o'ttiz sutka mobaynida o'z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo'lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.


Комментарии (0) | Добавить: 01.09.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi
Amazon narxi ilk marta trillion dollardan oshdi
“Afrosiyob” elektropoyezdi 7-sentabrdan Shahrisabzga qatnovlarni boshlaydi
Butun dunyodagi ko'chmas mulkning umumiy qiymati ma`lum qilindi
Misr prezidenti O'zbekistonga keldi
Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yo'lovchi samolyotda uchib keldi
Censatsiya: «Mangu» – milliy «bitkoin»
Shrink Me – surat sifatini saqlagancha hajmini kichraytirib beruvchi bepul servis!
“Terpila”, sen erkakmassan! – Toshkentda go'dakning hayotini saqlab qolmoqchi bo'lgan erkak shunday rahmat eshitdi
Bolani vaqtida uxlatish uchun charchatish kerak…
Kadastr hujjati yuqolgan bo'lsa nima qilish kerak?