У нас есть только
оригинальные песни

Futbol bo‘yicha JCh-2018 ochilishi Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘ladi

calendar 24.07.2015
1751

Futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatining ochilish uchrashuvi Moskvadagi "Lujniki” stadinida bo‘lib o‘tadi. "RIA Novosti” xabariga ko‘ra, bu haqda Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko ma’lum qildi.

2018-yilgi jahon chempionati 14-iyun — 15-iyul kunlari Rossiyaning turli shaharlarida joylashgan 12 stadionda bo‘lib o‘tadi. "‘VTB-Arena’ bilan bog‘liq variant ham ko‘rib chiqildi, biroq hozircha qo‘limizda mavjud reglament bo‘yicha harakat qilyapmiz. Ochilish marosimi jahon chempionatining ochilish o‘yini oldidan ‘Lujniki’ stadionida bo‘lib o‘tishini hozirdan aniq aytish mumkin”, — dedi Mutko.
Яндекс.Метрика