У нас есть только
оригинальные песни

Futbol qiroli Pele o'ziga tegishli sovrinlarni kimoshdi savdosiga qo'ymoqda

calendar 01.06.2016
1214

Braziliyalik futbol afsonasi Pele, o'z faoliyati davomida qo'lga kiritgan sovrinlari, xususan, mashhur Jules Rimet kubogi nusxasini ham kimoshdi savdosiga qo'yishga qaror qildi. 

O'zining professional futbol shartnomasini imzolaganidan 60 yildan ko'proq vaqt o'tgach, Pele o'ziga qadrli bo'lgan deyarli barcha narsasini, Jahon kubogi medallaridan tortib, "Escape to Victory" ("G'alaba sari") filmida kiygan butsisigacha sotishga qaror qilgan.  

Londondagi Julien's kimoshdi savdo uyi, kubok nusxasini 600,000 AQSh dollari, uning jahon kuboklarida olgan har bir oltin medalini 200,000 dollardan baholagan. Bulardan tashqari, Pelening futbolkalari, (har biri 10,000 dollar), Nyu York Kosmos NASL chempionati uzugi (40,000 dollar) va "G'alaba sari" filmida kiygan butsiga (8,000 dollar) ham auktsion mutaxassislari narx belgilashgan. Umuman, Pelega tegishli 2000 mingdan ortiq buyumning jami qiymati 5,1 mln dollarga teng deb e'lon qilingan. 

Kimoshdi savdosini 7-9 iyun kunlari onlayn tarzda o'tkazish rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика