У нас есть только
оригинальные песни

Futbol TV telekanali efirga chiqadigan muddat ma`lum bo'ldi

calendar 27.01.2017
4480

O'zbekistonda ilk futbolga ixtisoslashgan Futbol TV telekanali tashkil etilgani rasman ma`lum qilindi. Telekanal oldin xabar berilganidek UzReport telekanali qoshida tashkil etiladi. Bu haqda telekanal rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. 

Manba bergan ma`lumotga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralaro Muvofiqlashtiruvchi Kengashining yig'ilishida Futbol TV telekanaliga litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilingan. 

Futbol TV telekanali o'z faoliyatini joriy yilning mart oyida boshlashni rejalashtirgan. Telekanal butun O'zbekiston bo'ylab efirga uzatiladi.

Xabaringiz bor, UzReport TV orqali Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Angliya va Ispaniya o'yinlarini O'zbekistonda translyatsiya qilishning ekzklyuziv huquqini xarid qilgan va hozirda ushbu musobaqalardan o'rin olgan o'yinlarni jonli efirda namoyish etib kelmoqda.

Futbol TV ishga tushirilganidan so'ng UzReport TV telekanalida futbol o'yinlari translyatsiyasi to'xtab qolmaydi. Turli chempionatlarda bir vaqtda boshlanadigan qiziqarli uchrashuvlarning biri Futbol TV telekanalida namoyish etilsa, ikkinchi o'yin UzReport TV telekanalida translyatsiya qilinadi.

Futbol TV telekanalida futbol uchrashuvlari jonli, yozib olingan holda va takroran namoyish etiladi. Bundan tashqari futbolga oid bo'lgan turli qiziqarlit ko'rsatuvlarning efirga uzatib borilishi ham ko'zda tutilgan, deb yoziladi xabarda.

Hozirda Futbol TV telekanalining litsenziyasini rasmiylashtirish va texnik tashkiliy ishlar doirasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Яндекс.Метрика