У нас есть только
оригинальные песни

G7 raisligi 2016 yilda Germaniyadan Yaponiyaga o'tdi

calendar 02.01.2016
1158

“Еttilik guruhi”ga (G7) raislik 2016 yilning yanvaridan Yaponiyaga o'tadi va unga bosh vazir Sindzo Abe rahbarlik qiladi. Bu haqda NHK telekanali ma'lum qilgan.

“Еttilik”ning navbatdagi sammitini 26-27 may kunlari Sima shahrida o'tkazish rejalashtirilgan.

An'anaga ko'ra, davlat rahbarlari va hukumat rahbarlari ushbu uchrashuvlarda xalqaro siyosat va iqtisodiyotga oid muhim masalalarni muhokama qilishadi.

Ushbu sammit doirasidagi uchrashuvlarda “ettilik” davlatlari vazirlari Yaponiyada yil davomida uchrashib, 4ta asosiy yo'nalishdagi – xalqaro iqtisodiyot va savdo, siyosat, diplomatiya, iqlim o'zgarishi va energetika hamda rivojlanish borasidagi masalalarni muhokama qilishadi.

Bundan tashqari, hozirda qo'shimcha ravishda infrastrukturani rivojlantirish va ayollarning jamiyatdagi holatini yaxshilash kabi mavzularni qo'shish kelishilmoqda.

Sindzo Abe Yaponiyaning G7ga raisligi davomida sog'liqni-saqlash masalasini ham ko'tarib chiqishga va'da bergan.

Яндекс.Метрика