У нас есть только
оригинальные песни

Galaxy C9 Pro - Samsung'ning 6 Gb operativ xotirali ilk smartfoni

calendar 23.10.2016
2467

Pekinda Samsung kompaniyasi o'zining 6 Gb operativ xotiraga ega ilk smartfonini namoyish qildi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy saytida ma`lum qilindi. 

Galaxy C9 Pro qurilmasining texnik xususiyatlariga keladigan bo'lsak, u 8 yadroli Snapdragon 653 protsessori, Adreno 510 grafik tezlatgichi va 6 Gb operativ xotira bilan ta`minlangan. 

Yangi smartfonning 6 dyuymli ekrani, shuningdek 16 megapikselli kamera kompaniyaning qolgan qurilmalari fonida biroz o'zgacha ko'rinadi. Bu yil Seulda odatiy sensorlardan voz kechishga qaror qilindi va ularning o'rniga 13 Mp'li matritsalar qo'llandi. Manbaga ko'ra, u  Galaxy S6 yoki  Galaxy Note 5 darajasida tasvirga olishga qodir.

Taqdimotda Cirrus Logic kompaniyasining smartfonga integratsiyalashtirilgan DAC'iga alohida e`tibor qaratishdi. Ishlab chiqaruvchi u tufayli smartfon o'z egasini sifatli tovush tizimi bilan xursand qilishiga ishonch bildirdi. 

Samsung Galaxy C9 Pro smartfonining chakana narxi taxminan 470 AQSh dollarini tashkil qiladi. Yangi qurilma sotuvlari 11 noyabrda yo'lga qo'yiladi, lekin hozircha faqat Xitoyda. 

Яндекс.Метрика