У нас есть только
оригинальные песни

Galaxy S7 avvalgi modeldan qimmatroq bo'ladi va iridoskaner bilan jihozlanad

calendar 30.12.2015
1989

                

Yangi Galaxy S7 smartfoni namoyish qilinishi aytilayotgan MWC 2016 anjumani yaqinlashgani sari yangi smartfon haqida ko'plab yangi ma'lumotlar paydo bo'lmoqda. Bu gal OAVlarda Samsung’ning yangi smartfoni avvalgi modelidan qimmatroq bo'lishi va unga avvalgi modellarda bo'lmagan yangi iridoskanerning qo'shilishi haqida xabar berilmoqda.

Gap Microsoft Lumia 950 XL va Lumia 950 modellarida ishlatiladigan ko'z rangdor pardasi skaneri – iridoskaner haqida ketmoqda. Bu biometrik texnologiya telefonni blokdan chiqarish va internetdagi moliyaviy tranzaktsiyalarni old kameraga bir nigoh tashlash bilangina tasdiqlash imkonini beradi.

                

Galaxy S7’da iridoskaner ishlatilishi Polshaning Android.com.pl saytiga ma'lum bo'ldi. Saytda ma'lum qilinishicha, yangi smartfonning narxi Galaxy S6 modelinikidan qimmatroq bo'ladi. Shuningdek, Galaxy S7 edge va Galaxy S7 edge+ qurilmalari ham avvalgi modifikatsiyalaridan qimmatroqqa sotiladi.

Яндекс.Метрика