У нас есть только
оригинальные песни

Gaz hisoblagichlarni laboratoriyadan o'tkazish pullikmi yoki bepulmi?

calendar 27.08.2018
817

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga muvofiq, tabiiy gaz iste`molini hisobga olish priborlarini ta`mirlash va davlat qiyoslovidan o'tkazish sarf-xarajatlari hisobga olish pribori mulkdori tomonidan qoplanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.

Bunda hisobga olish pribori iste`molchi tomonidan sotib olinib o'rnatilgan bo'lsa, uning mulkdori iste`molchi bo'ladi, aks holda u gaz ta`minoti tashkilotiga tegishli bo'ladi.

Tabiiy gaz iste`molini hisobga olish priborlarini davlat qiyoslovidan o'tkazish metrologiya xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Яндекс.Метрика