Rossiyaning "GAZ” avtomobilsoz guruhi O'zbekistonda engil tijoriy avtomobillar va yo'lovchi mikroavtobuslarining karkaslarini terishni tashkil etish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Sputnik agentligi kompaniyaning yaqinda Toshkentda bo'lgan delegatsiyasi vakillariga tayangan holda ma'lumot bermoqda.
Aytilishicha, o'tgan yili "GAZ” bunday
texnikadan ming donasini etkazib bergan. Ayni paytda kompaniya
O'zbekistonda shahar chetida aholi tashish, shuningdek, Toshkentdagi
yo'nalishli taksilarda odam tashish bo'yicha etakchi o'rinlarda turibdi.
"2014 yilda biz turli ko'rinishdagi ming dona texnikani etkazib berdik. Ularning katta qismi yo'lovchi transportidir.
Tumanlarda va kichik shaharlarda ularga
bo'lgan ehtiyoj juda baland, u erda yo'lovchi oqimi katta bo'lmagani
uchun kam odam ketadigan dinamika talab qilinadi”, - dedi kompaniya
vakili.
"GAZ” mamlakatda ishlab chiqarish tashkil qilish yo'li bilan
bu erdagi bozorda yanada mustahkamroq o'rnashishni rejalashtirmoqda.