У нас есть только
оригинальные песни

“Gazprom” Pokistonga gaz etkazib berishni yo'lga qo'yishi mumkin

calendar 22.01.2016
803

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Pokistonga har yili 5-7 mln tonna tabiiy suyultirilgan gaz etkazib berishni yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyadagi manbalariga tayangan holda “Kommersant'” nashri xabar bermoqda. Aytilishicha, masala 21 yanvar kuni “Gazprom” rahbari Aleksey Millerning Pokiston neft vaziri Shohid Xoqon Abbosiy bilan uchrashuvi chog'ida muhokama qilingan.

Uchrashuv chog'ida Abbosiy 5-7 yillik istiqbolda Pokistonning suyultirilgan gazga bo'lgan ehtiyoji yiliga 15 mln tonnaga etishi mumkin. Pokistonga gaz “Gazprom” portfeli orqali etkazib berilishi mumkin. 2015 yili bu ko'rsatkich 3.5 mln tonnaga teng edi.

5 mln tonna gaz etkazib berishni yo'lga qo'yish uchun “Gazprom” bozorda gaz sotib olishga yangi shartnomalar imzolashi talab etiladi, ya'ni konkret ishlab chiqaruvchiga bog'lanmagan treyderlik operatsiyasi o'tkaziladi.

Яндекс.Метрика