У нас есть только
оригинальные песни

General Motors’ning daromadi 2015-yil ikkinchi choragida 5,5 barobar oshdi

calendar 24.07.2015
1310


AQShdagi eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi hisoblangan General Motors (GM) 2015-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra, daromadi kamayganiga qaramay, sof foydasi 5,5 barobar oshganini e’lon qildi. Bu haqda "Vedomosti” xabar bermoqda.  GM’ning sof foydasi 2015-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra 1,1 milliard dollarni tashkil etdi — 2014-yilning hisobot davrida kompaniya 200 million dollar sof foyda ko‘rgandi. GM’ning chorak daromadi 39,6 milliard dollardan 38,2 milliard dollargacha kamaydi. Tahlilchilar esa kompaniyaning daromadi 40,4 milliard dollardan oshishini taxmin qilgandi.
Яндекс.Метрика