General Motors O‘zbekistonda qolishini ta’kidlamoqda. Korporatsiya “O‘zavtosanoat” bilan yangi “GM—O‘zbekiston alyansi”ni tuzdi

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda General Motors kompaniyasi yangi “GM—O‘zbekiston alyansi”ni tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi. GM Uzbekistan axborotiga ko‘ra, bu O‘zbekistonning o‘sib borayotgan avtomobil sanoati talablariga javob beradigan yangi hamkorlik platformasi sanaladi.

“O‘zavtosanoat” va General Motors o‘zbek avtosanoatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan yangi Alyans doirasida hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshiradi. “GM—O‘zbekiston alyansi” mamlakat avtosanoatini mustaqil ravishda faoliyat yuritishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

“GM—O‘zbekiston alyansi” doirasida “O‘zavtosanoat” hamda General Motors O‘zbekistonda avtomobillar va dvigatellarini ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorda Chevrolet va Ravon brendlari ostida avtomobil savdosi bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.

2007-yildan buyon “O‘zavtosanoat” va General Motors kompaniyasining o‘zaro hamkorligi O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshishini ta’minladi. Hamkorlik doirasida mahalliy yetkazib beruvchilar tarmog‘ini kengaytirish, mahalliy xodimlarning salohiyatini oshirish, ichki va tashqi bozorlardagi mijozlarga yuqori sifatli avtomobillar yetkazib berish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi.

“O‘zavtosanoat” va General Motors’ning fikrcha, munosabatlarning yangi shakliga o‘tish so‘nggi 10 yil davomida sohaning rivoji va uning salohiyatini oshganligini aks ettiradi. O‘zaro munosabatlarning qo‘shma korxona shaklidan “GM—O‘zbekiston alyansi” sifatida qayta tuzilishi O‘zbekiston milliy avtosanoatining mustaqil ravishda faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Tomonlar yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan loyihalar ustida ishlashda davom etadi. “GM—O‘zbekiston alyansi” doirasida tomonlar MDH va yangi bozorlarda eksportni kengaytirish masalalarini o‘rganishadi. Alyans, shuningdek, GM kompaniyasining avtomobil texnologiyalari va nou-xaularidan foydalanishni ta’minlaydi.

Alyans doirasida “O‘zavtosanoat” avtomobil va dvigatellarni ishlab chiqarish bo‘yicha operatsion faoliyat, shu jumladan, tashqi bozorda GM mahsulotlari uchun Ravon brendini dunyoga tanitish bo‘yicha nazoratni to‘liq o‘z zimmasiga oladi. “O‘zavtosanoat” hamkorlikdagi faoliyat asosi bo‘ladigan Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarish va ichki bozorda sotishni davom etadi, Ravon brendini tashqi bozorga yetkazib berish esa kengaytiriladi.

“Sohaning mustahkamlanayotganini inobatga olgan holda, hozir Alyansga o‘tishning ayni vaqti. GM kompaniyasi O‘zbekistonda qoladi va mamlakatdagi avtomobil sanoati rivojiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi”, — deydi GM Operations Uzbekistan rahbari janob Hektor Vilyarreal.

Ikki tomon Alyansga o‘tish bandlik darajasiga yoki avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qilmasligini tasdiqladi. GM kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishni hamda O‘zbekiston avtosanoatini konsultativ hamda texnik ko‘mak berishga yo‘naltirilgan yangi tashkil topayotgan GM Advisory Services kompaniyasi orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.


Комментарии (0) | Добавить: 26.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Farg'onada Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri ishtirokidagi yig'ilish bo'lib o'tdi
O‘zbekiston tabiiy gaz qazib oluvchi mamlakatlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda ekanini bilasizmi?
Hamza – yangi o‘zbek adabiyoti asoschilaridan birimi?
Chingizxon haqida biz bilmagan faktlar
Apple xitoylik foydalanuvchlar ma’lumotlarini Xitoyga o‘tkazadi
Aholi qaysi tashkilotlardan ko'proq norozi?
Meksika prezidenti Tramp sababli AQShga safarini bekor qildi
Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini aprel oyida o'tkazadi
Poezdda Toshkentdan Xitoygacha borish mumkin bo'ladi
Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradigan sayt ishga tushdi
O‘zbekistonda iste’molchilar qaysi davlat idorasiga ko‘proq ishonadi?
Messi bir o'yinda ikki rekord o'rnatdi
MXX qanday bo'lishi kerak?
Davlat idoralari rahbarlariga muntazam ravishda jurnalistlar bilan uchrashish majburiyati yuklandi
Xitoyda 1,6 trln dollarlik loyihalarga start beriladi
2017 yilda Ukrainadan O'zbekistonga qancha pul yuborilgani aytildi
Umid Ahmadjonov yana bir tashkilot prezidenti etib saylandi
O'zbekistonda Facebook ishlamay qoldi
Kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishni rad etganlik uchun qanday jarima belgilanadi?
Umid Ahmadjonov O‘zbekiston milliy termasining bo‘lajak bosh murabbiyi bilan uchrashish uchun Dubayga uchib ketdi
Ravon brendi 2017-yil bo‘yicha Sibirda eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomobilga aylandi
“Suzuk ota” majmuasi 2018-yilgi mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi
Jahon iqtisodiyoti xakerlar sababli 600 mlrd dollarlik ziyon ko'rdi
Bojxona qo'mitasining yangi raisiga yangi o'rinbosar tayinlandi
Markaziy Osiyodagi eng korrupsiyalashgan davlat ma`lum qilindi
Qashqadaryoda yuziga niqob kiygan shaxslar omborxonaga hujum qildi
Qozog'iston lotin alifbosiga o'tdi
Saudiya Arabistonida bouling va bilyard-klublar ochishga ruxsat berildi
Qo'shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov
Xitoyda grippga qarshi yangi vaksina yaratildi