У нас есть только
оригинальные песни

“General Motors” Rossiyaga avtomobil etkazib berishni to'xtatdi

calendar 18.12.2014
2257


"General Motors” kompaniyasi rubl bilan bog'liq beqaror vaziyat sabab Rossiyadagi dilerlariga avtomobil etkazib berishni to'xtatadi. Bu haqda "Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda. "Kurs rublining beqaror bo'lib turgani va ehtimoliy biznes-xavflarni nazorat qilib turish maqsadida "GM Russia” 16 dekabr holati bo'yicha Rossidagi dilerlariga transport vositalarini ulgurji etkazib berishni vaqtincha to'xtatishga qaror qildi”, – deyiladi kompaniya bayonotida. Qayd etilishicha, mijozlar tomonidan oldindan buyurtma qilingan va to'lovi amalga oshirilgan "Cadillac”, "Opel” va "Chevrolet” rusumidagi avtomobillarning barchasi xaridorlarga kelishilgan eski narx bo'yicha etkazib beriladi.
Яндекс.Метрика