Tinch okean hududidagi Yangi Zelandiya va Yangi Kaledoniya orollari guruhi o'tmishdagi noma`lum qit`aning bir qismi bo'lgan. Ayni vaqtda bu qit`aning asosiy qismi suv ostida qolgan. Bu fikr AQSh Geografiya jamiyati mutaxassislari tomonidan bildirildi.
Geologlar unga Zelandiya deya nom berishgan. Qit`aning umumiy maydoni 4,9 million kvadrat kilometr bo'lib, uning 94 foizi suv ostida qolgan.