У нас есть только
оригинальные песни

Germaniya-Italiya uchrashuvida Еvropa chempionati rekordi takrorlandi

calendar 03.07.2016
2316

Germaniya terma jamoasi Еvropa chempionati chorak finalida Italiyaga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasida g'alaba qozondi (1:1, pen. – 6:5) va Euro-2016 yarim finalida o'ynaydigan bo'ldi.

Ushbu uchrashuv Еvropa chempionatidagi penaltilar seriyasi eng uzoq vaqt davom etgan 2 o'yindan biri sifatida turnir tarixiga kirdi. Penaltilar seriyasida jamoalar 9tadan jami 18ta zarba ijro etishdi. Oxirgi marta bunday holat 1980 yilgi Еvropa chempionatida qayd etilgan, o'shanda ham Italiya Chexoslovakiya terma jamoasiga mag'lub bo'lgandi (1:1, pen. – 8-9).

Yoaxim Lyov shogirdlarining yarim finaldagi raqibi Frantsiya va Islandiya terma jamoalari uchrashuvida aniqlanadi. Nemislarning yarim finaldagi o'yini 7 iyul kuni Marselda o'tkaziladi.

Яндекс.Метрика