У нас есть только
оригинальные песни

Germaniya politsiyasiga zo'ravonliklardan 380 ayol shikoyat qildi

calendar 10.01.2016
1245

Kyoln shahrida Yangi yil kechasi muhojirlar tomonidan ayollarga uyushtirilgan hujumlar yuzasidan politsiyaga kelib tushgan shikoyatlar soni 379taga etdi. Bu haqda mahalliy politsiya matbuot xizmatixabar qildi. Bir kun ilgari OAVda 200 soni keltirilgan edi.

Jinoyatlarning 40 foizi jinsiy zo'ravonlik bilan bog'liqdir.
Ma'lumki, mingga yaqin yosh yigitlar, asosan, muhojirlar, markaziy maydon va vokzal yaqinida to'planib, to'polon ko'targan, so'ng mayda guruhlarga bo'linib, asosan ayollarga hujum qilgan.

Shunga o'xshash voqealar boshqa shaharlarda ham sodir bo'lgani xabar qilindi. Shu bilan birga, blogerlar mazkur mavzu bo'yicha matbuotda keltirilayotgan xabarlarning aksariyati to'qima, rasmlar esa soxta ekanligiga e'tibor qaratmoqda.

Яндекс.Метрика