У нас есть только
оригинальные песни

Germaniya saudiyalik harbiylarga saboq beradi

calendar 01.05.2017
1114

Germaniya terrorchilikka qarshi kurashda Saudiya Arabistoniga ko'mak berib, o'z hududida saudiyalik harbiylarga saboq beradi. Bu haqda 30 aprelda Germaniya kansleri Angela Merkel ma`lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

"Saudiya Arabistoni mintaqada muhim davlat, terrorchilikka, IShIDga qarshi kurashdagi bo'g'in hisoblanadi. Biz bu davlat chegaralari yaxshi himoyalangan bo'lishi, Saudiya armiyasi IShIDga qarshi kurash uchun yaxshi o'rgatilgan bo'lishidan manfaatdormiz", deb aytdi kansler. Ayni vaqtda kansler Saudiya Arabistonida safar bilan qolmoqda. 

Saudiya Arabistoni Suriya va Iroqda IShIDga qarshi kurashuvchi AQSh boshchiligidagi koalitsiya tarkibiga kiradi. Biroq ba`zilarning fikricha, qirollikning o'zi terrorchilikni qo'llab-quvvatlaydi.

Яндекс.Метрика