У нас есть только
оригинальные песни

Germaniya tashqi ishlar vaziri AQShni bo'g'ma ilon bilan solishtirdi

calendar 03.09.2018
930

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Yevropa ittifoqi va AQSh o'rtasidagi munosabatlarga izoh berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, agar AQSh sanksiyalari joriy etilsa, Yevropa ittifoqi AQSh bilan munosabatlarda «bo'g'ma ilon oldidagi quyon singari» o'zini tutmasligi kerak.

Shuningdek, uning qo'shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda Yevropaning ajralmasligi haqida gap ketayotgani yo'q.

Maasning ta`kidlashicha, Yevropa ittifoqi qarorlar qabul qilishning yagona tamoyilidan voz kechishi kerak.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Yevropa ittifoqini yo'q qilib tashlash» haqida orzu qilayotganini bildirgandi.

 

Яндекс.Метрика