У нас есть только
оригинальные песни

Germaniyada AQSh bilan erkin savdo bo‘yicha bitimga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

calendar 24.04.2016
797

Gannoverda o‘n minglab odamlar Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi erkin savdo hududi bo‘yicha imzolanishi rejalashtirilgan kelishuvga qarshi namoyishga chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

Norozilik aksiyasi Barak Obamaning ushbu shaharga tashrifi oldidan bo‘lib o‘tdi. AQSh prezidenti 24-aprel, yakshanba kuni kansler Angela Merkel bilan uchrashuv davomida mazkur bitim bo‘yicha muzokara jarayonini muhokama qilishni rejalashtirgan.

Politsiyaning baho berishicha, Gannover ko‘chalariga 35 mingga yaqin namoyishchi chiqqan. Namoyish tashkilotchilari esa unda 90 ming kishi ishtirok etganligini ma’lum qilmoqda. Namoyishchilar kolonnasi oldida 35 ga yaqin traktor harakatlangan.

Bitimga qarshi bo‘lganlarning fikricha, bunday hududning tashkil etilishi natijasida umumiy bozorda Yevropa mahsulotlari o‘rnini amerikalik yetkazib beruvchilarning arzonroq va sifatsiz mahsulotlari egallashi mumkin.

Яндекс.Метрика