У нас есть только
оригинальные песни

Germaniyada Gitlerning Mein Kampf asari 70 yil ichida ilk marta qayta nashr qilinadi

calendar 02.12.2015
1729

Adolf Gitlerning Mein Kampf asari ("Mening kurashim") Ikkinchi jahon urushi yakunlangan 1945 yildan beri ilk marta qayta nashr qilinadi. Bu haqda Bi-bi-si xabar tarqatdi.

Myunxendagi Zamonaviy tarix instituti dastlab ushbu izlhlar bilan to'ldirilgan kitobni 4000 nusxada nashr qilishni rejalashtirgan. Institut direktori Andreas Virshingning ma'lum qilishicha, kitobda 3,5 mingta izohlar mavjud va bu orqali Gitlerning kitobi haqidagi afsonaviy taxminlar yo'qqa chiqariladi.

Qayd etish kerakki, bu kitob oxirgi 70 yil ichida ilk marta qayta nashr etilmoqda. O'tgan yillar ichida "Mening kurashim"ni nashr qilish huquqi Bavariya eri hukumatiga tegishli edi va bu erdagilar kitobni taqiqlash bo'yicha sanktsiyalarga amal qilmay kelardi. Endilikda esa kitob umumxalq mulkiga aylanishi mumkin.

Bir qator tashkilotlar fyurerning kitobini qayta nashr qilishni taqiqlash tashabbusi bilan chiqishgandi. Lekin Germaniya hukumati buni inobatga olmadi. Hukumat vakillaridan birining aytishicha, kitobni qayta nashr qilishdan maqsad tarixni o'rganish hisoblanadi. Natsistik g'oyalarning uyg'onishi oldini olish maqsadida kitobning adadiga cheklov qo'yilgan (4000 nusxa).

Ushbu kitob natsistlar yo'lboshchisining avtobiografiyasi ham hisoblanib, Gitler uni qamoqda yotganida yozgan. 1925 yilda ilk marta nashr qilingan bu kitobda Natsional-sotsialistik nemis ishchilari partiyasining asosiy g'oyalari va printsiplari ifodalangan.

Яндекс.Метрика