У нас есть только
оригинальные песни

Germaniyada kikboksing bo‘yicha jahon chempioni Musa Masalayev o‘ldirib ketildi

calendar 23.11.2016
2500

Germaniyaning Noy-Ulm shahrida tataristonlik sportchi, kikboksing bo‘yicha jahon chempioni Musa Masalayev o‘ldirib ketildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Aytilishicha, 37 yoshli sportchi 18-noyabr kechasi o‘z uyining podyezdi yaqinida otib ketilgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, niqobli shaxs Masalayev yoniga yugurib kelib, to‘pponchadan bir necha marta o‘q uzgan, so‘ng mashinada voqea joyini tark etgan.

2010–2013-yillarda Masalayev Tatariston prezidentining jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan edi. Unga qadar esa Masalayev Prince Team kikbosing jamoasiga rahbarlik qilgandi. 2013-yildan boshlab Masalayev doimiy ravishda Noy-Ulmda istiqomat qilardi.

Яндекс.Метрика