У нас есть только
оригинальные песни

Germaniyada Putin va Tramp o'rtasida muzokara boshlandi

calendar 07.07.2017
1678

Germaniyaning Hamburg shahrida «Katta yigirmatalik» sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari  Donald Tramp o'rtasidagi uchrashuv boshlandi.

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbari muzokaralari keyingaytirilgan tarkibda o'tmoqda.

Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbiga ilk uchrashuvdan mamnunligini bildirgan. «Umid qilamanki, siz ham aytganingizdek, bizning bu uchrashuvimiz yaxshi natijalar keltiradi», — deya Putinning so'zlarini keltirgan TASS.

Muzokaralarda AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson hamda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, shuningdek, tarjimonlar ishtirok etishmoqda.

Uchrashuvda tomonlar Ukraina, Suriya va Yaqin va Uzoq Sharqdagi boshqa masalalarni, terrorizmga qarshi kurashish mavzusini muhokama etishadi.

Яндекс.Метрика