У нас есть только
оригинальные песни

Germaniyadagi 2006 yilgi JChga velosipedda borgan marg'ilonlik muxlis Akram Ma'rufjonov vafot etdi

calendar 16.11.2015
2500

Futbol bo'yicha 2006 yili Germaniyada bo'lib o'tgan jahon chempionatiga velosipedda borgan marg'ilonlik Akram Ma'rufjonov 65 yoshida olamdan o'tdi. 

2008 yilda Ma'rufjonov Germaniya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq darvozaboni Oliver Kanning xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etib, unga zarbof to'n va do'ppi kiydirgan, nevarasi uchun esa Kanning dastxati tushirilgan klub libosini esdalik sifatida qabul qilgandi.

Ma'rufjonov 2010 yili JARda va 2014 yili Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatlariga velosipedda borish orzusini amalga oshira olmagan. Biroq u Rossiyadagi JCh—2018 turniriga velosipedda borib, mundial o'tkaziladigan barcha shaharlarni kezib chiqmoqchi edi.

Яндекс.Метрика