Avstriyadan Bavariyaga qochqinlar bo'lgan ilk poezdlar kelishni boshladi, deb yozmoqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda Deutsche Welle nashri.
Qayd etilishicha, suriyalik qochqinlar
bo'lgan birinchi poezdda 170 ga yaqin odam bo'lgan. Qochqinlar poezdlari
Bavariyaga har ikki soatda kelishi kutilmoqda
Xabarda aytilishicha, Myunxenga kelgan yana bir poezdda 300 kishi bo'lgan.
Avvalroq Germaniya hukumati yaqin orada mamlakatga 10 mingga yaqin qochqinning kelishini kutayotganlari ma'lum qilingandi.