У нас есть только
оригинальные песни

Germaniyalik ayol chivin chaqishi oqibatida qo‘lidan va ikki oyog‘idan ayrildi

calendar 09.08.2017
1799

Germaniyaning Kyoln shahrida istiqomat qiluvchi ayol chivin chaqishi oqibatida qo‘lidan va ikki oyog‘idan ayrildi. Bu haqda Kölner Express xabar bermoqda.

43 yoshli Zonya Kuyas farrosh bo‘lib ishlardi. Mart oyida u axlatni olib chiqayotganida ayolni chivin chaqib oldi. Chivin chaqqan yerda dastlab g‘urra hosil bo‘ldi so‘ng bo‘g‘imlarida og‘riq paydo bo‘ldi, boshi aylana boshladi. Hamkasblari tez yordam chaqirdi.

Shifoxonadagi tekshiruvdan so‘ng shifokorlar ayolni uyga jo‘natib yubordi, ammo uning ahvoli yomonlashdi. Turmush o‘rtog‘i ayolni yana shifoxonaga olib keldi. Mijoz komaga tushib qoldi, qo‘l-oyoqlari qoraya boshladi.

Shifokorlar ayolning ikki oyog‘ini va chap qo‘lining bir qismini amtupatsiya qildi.

Tibbiyot xodimlarining taxminicha, chivin chaqishi tufayli Zonyaning qoniga infeksiya tushgan.

Яндекс.Метрика