У нас есть только
оригинальные песни

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi 1-oktabr kuni Facebook orqali jonli muloqot o‘tkazadi

calendar 29.09.2015
1024

Joriy yilning 3-oktabr kuni Germaniya birlashganligining 25 yilligi keng nishonlanadi, deb xabar beradi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va matbuot bo‘limi.

Shu munosabat bilan 2015-yil 1-oktabr kuni soat 14:00 dan 14:45 gacha elchixonaning Facebook tarmog‘idagi sahifasida Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Naythart Hyofer-Vissing bilan jonli muloqot tashkillashtiriladi.

45 daqiqa davom etadigan jonli muloqot mobaynida janob Hyofer-Vissing "Germaniya birlashganligining 25 yilligi” mavzusidagi savollarga javob beradi. Savollarni nemis, rus yoki o‘zbek tilida berish mumkin.

Яндекс.Метрика