У нас есть только
оригинальные песни

Germaniyaning yirik pivo brendi aka-uka Klichkolar bilan hamkorlikni davom ettirmasligini ma'lum qildi

calendar 17.01.2016
1073

Germaniyaning eng yirik pivo brendlaridan biri Warsteiner ukrainalik bokschilar aka-uka Vitaliy va Vladimir Klichkolar bilan 4 yillik hamkorlikdan keyin endilikda ularning xizmatlariga ehtiyoj sezmayotganini ma'lum qildi. Bu haqda mahalliy OAVlarga kompaniya rahbari Katarina Kramer ma'lum qildi.

“Aka-uka Klichkolarning xizmatlari biz uchun endi dolzarb emas”, deb aytdi Kramer, biroq bunga nima sabab bo'lganini keltirib o'tmadi.

Warsteiner’ning yangi yuzi Angliyaning “Liverpul” futbol klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp bo'ladi, kompaniya u bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Яндекс.Метрика