У нас есть только
оригинальные песни

Getty Images Google’ni qaroqchilikka ko‘mak berishda aybladi

calendar 27.04.2016
793

AQShning dunyodagi eng yirik tasvirlar bankiga ega fotoagentliklaridan biri Getty Images Google qidiruv tizimini qaroqchilikka ko‘mak berishda aybladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. 

Getty Images qidiruv tizimi bozordagi yetakchilik mavqeyidan foydalanib, fotoagentlik o‘zining veb-saytida pullik asosda taqdim etadigan suratlarni katta hajm va yuqori sifatda tarqatayotganligi, 2013-yilgacha esa tasvirlar kichik o‘lchamda berib kelinganligini da’vo qilmoqda. 

Google mazkur da’voga izoh berishdan bosh tortgan va kompaniya aksilmonopol qoidalarni buzganligini inkor etgan.

Getty bosh yuridik maslahatchisi Yoko Miyashita qidiruv tizimining harakatlari kompaniya saytidan tasvirlarni sotib olishi lozim bo‘lgan mijozlar yo‘qotilishiga sabab bo‘layotgani va “foydalanuvchilarni tasodifiy qaroqchilarga aylantirayotgani”ni bildirmoqda. Agentlik vakillari 27-aprel, chorshanba kuni raqobat bo‘yicha Yevropa komissiyasiga rasmiy shikoyat yo‘llash niyatida.

Яндекс.Метрика