У нас есть только
оригинальные песни

GM-AvtoVAZ aksiyadorlari Chevrolet Niva-II ishlab chiqarilishini ma’qulladi

calendar 26.08.2015
1710

GM-AvtoVAZ direktorlar kengashi ikkinchi avlod Chevrolet Niva avtomobillari ishlab chiqarish taklifini ma’qulladi.

Ikkinchi avlod Chevy Niva loyihasi 2013-yilda boshlangan, ammo 2015-yil boshida GM-AvtoVAZ aksiyadorlar —AvtoVAZ hamda General Motors (har ikkisining 50 foizdan ulushi bor) qaroriga ko‘ra to‘xtatilishi e’lon qilingan edi. AvtoVAZning yangi prezidenti Bu Andersson loyihani qaytadan ko‘rib chiqish qaroriga keldi, GM esa Rossiyadagi biznesini tiklashi haqida e’lon qildi.

Ikkinchi avlod Chevy Niva loyihasi 120 ming avtomobilga mo‘ljallangan, kiritilishi kutilayotgan investitsiyalar miqdori — 209 million dollar.

Яндекс.Метрика