У нас есть только
оригинальные песни

GM benzin va dizel mashinalardan to‘liq voz kechishga qaror qildi

calendar 03.10.2017
2733

General Motors kelgusida benzin va dizel mashinalardan to‘liq voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vakillari rasman ma’lum qildi, deya xabar beradi “Motor”.

GM vakillariga ko‘ra, kompaniya kelajakni elektromobillarda ko‘radi va mazkur yo‘nalish yetakchisiga aylanish niyatida. Ichki yonish dvigatelli avtomobillardan elektromobillarga o‘tish bir necha bosqich va turli tezliklarda amalga oshiriladi. Bunda u yoki bu davlat bozorining xususiyatlariga e’tibor qaratiladi.

Birinchi bosqich yaqin 18 mobaynida taqdim etiladigan ikki yangi elektromobil (GM modellari qatorida hozir Volt va Bolt EV bor) seriyali ishlab chiqarilishidan boshlanadi. Ular kompaniya ixtiyorida 2023-yilga kelib paydo bo‘ladigan 20 modeldan dastlabkilari bo‘ladi.

Oldinroq elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tishi haqida Volvo ma’lum qilgandi. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Norvegiya va Fransiya kabi davlatlar yaqin kelajakda ichki yonish dvigatelli avtomobillar sotuvini to‘liq man etishni yoqlab chiqdi.

Яндекс.Метрика