У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan 2015-yil oktabridan boshlab gazda harakatlanuvchi faqat Lacetti avtomobillarini ishlab chiqaradi

calendar 24.06.2015
3942


Joriy yilning oktabr oyidan boshlab GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi ekomobillarni seriyali tarzda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingandi. "Avtosanoat” axborot xizmati aynan qaysi turdagi avtomobillarga gaz ballon uskunalari qo‘yilishi yuzasidan "Daryo”ga izoh berdi. Foto: theglobeandmail.com Foto: theglobeandmail.com "So‘nggi yillarda atrof-muhit ekologiyasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada yurtimizda ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich ekologik toza yonilg‘i turlariga moslashtirilayotgani fikrimizning dalilidir. Joriy yilning to‘rtinchi choragidan boshlab GM Uzbekistan AJ avtomobil zavodida Lacetti avtomobillarini gaz ballon uskunalari bilan jihozlangan holda ishlab chiqarib, xaridorlarga yetkazish yillik ishlab chiqarish rejasiga kiritilgan. Mamlakatimizda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ‘Avtosanoat—Landi Renzo’ qo‘shma korxonasi aynan mazkur avtomobillar uchun gaz ta’minoti tizimi uskunalarini shartnoma asosida Asaka avtomobil zavodiga yetkazib beradi. Mazkur korxona, shu paytgacha GM Uzbekistan AJning yurtimizdagi rasmiy dilerlik markazlarini sifatli gaz ballon uskunalari bilan ta’minlab kelmoqda. Shuni aytib o‘tish lozimki, Lacetti avtomobillarini ekologik toza yoqilg‘i turiga moslashtirilgan holda ishlab chiqarishda xaridorlarning talab va istaklari alohida e’tiborga olinadi”, — deyiladi "Avtosanoat” axborot xizmati bergan xabarda. Foto: uzavtosanoat.uz Foto: uzavtosanoat.uz Xaridorlarning xohishiga binoan zavodda Lacetti avtomobillariga gaz ballon uskunalari o‘rnatib beriladi. Zavodda o‘rnatilgan uskunalar yuqori sifati va xavfsizligi bilan boshqalardan farq qiladi.


Яндекс.Метрика