У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan 2015 yilda Rossiyadagi avtomobillar sotuvlari 46 foizga pastladi

calendar 14.01.2016
1096

2015 yilgi savdolar natijasiga ko'ra, 2015 yilda Rossiyada yangi engil avtomobillar savdosi 35,7 foizga pastlab, jami bo'lib 1 million 601 ming dona mashina sotilgan. Bu haqda “Еvropa biznesi assotsiatsiyasi” o'tkazgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Rossiya bozorida savdolar hamji 2012 yilda rekord natijani qayd etdi. O'sha yili 2,93 million dona mashina sotilgan edi. Shundan so'ng sotilgan avtomobillar soni muntazam ravishda kamayib bordi: 2013 yilda — olti foizga (2,77 million dona), 2014 yilda — 10 foizga (2,49 million dona).

Xususan, 2015 yilning dekabr oyida 123 682 dona avtomobil sotildi. 2014 yilning shu davrida esa 147 ming dona sotilgan bo'lib, natija 45,7 foizga kam demakdir.

Xususan, 2015 yilda eng ko'p Lada brendi ostida chiqarilgan avtomobillar xarid qilingan. Ular soni 269 096 donani tashkil etdi (2014 yilda – 387 307). KIA kompaniyasi esa 2015 yilda 163 500 dona avtomobil sotib, ro'yxatning ikkinchi pog'onasidan o'rin oldi (2014 yilda - 195 691). Keyingi o'rinlarda Hyundai (161 201), Renault (120,411) va boshqalar tilga olindi.

Daewoo brendi ostida Rossiya avtobozoriga kirib borgan GM Uzbekistan esa 2015 yilda Rossiyada 20 451 dona avtomobil sotdi. Bu esa 2014 yilgi 37 695 donaga qaraganda 46 foiz kam demakdir.

Яндекс.Метрика