У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan 2016 yil mayidan Chevrolet Aveo ishlab chiqara boshlaydi

calendar 21.12.2015
3532

2016 yilning may oyidan GM Uzbekistan kompaniyasi yangi Chevrolet Aveo modelini ishlab chiqara boshlaydi. Bu haqda “O'zavtosanoat” AK vakiliga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabarbermoqda.

"Yangi model ishlab chiqarish 2016 yil mayidan boshlanadi, yangi modelning bir qator komponentlarini ishlab chiqarish allaqachon o'zlashtirildi ", — ma'lum qildi agentlikning suhbatdoshi.

Ilgari xabar qilinganidek, GM Uzbekistan 2015-2016 yillarda T250 platformasidagi avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etishga 104.2 mln dollar mablag' ajratadi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 73.6 ming avtomobilni tashkil etadi.

2 yil mobaynida yangi model shu toifadagi boshqa markalarning o'rnini bosib, eksport etkazmalarini diversifikatsiya qilishga ko'mak beradi. Ta'kidlanishicha, birinchi bosqichda Chevrolet Aveo’ning lokalizatsiya darajasi 25 foizni tashkil etadi.

Яндекс.Метрика