У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan 4 oy ichida Rossiyada 6,1 ming dona mashina sotdi

calendar 14.05.2016
1274

GM Uzbekistan AJ 2016-yilning yanvar–aprel oylarida Rossiyada 6,1 ming dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu 2015-yilning shu davriga nisbatan 14 foizga kamroqdir, deb ma’lum qiladi UzDaily Yevropa biznesi uyushmasi avtomobilsozlar qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib.

2016-yil aprelida korxona 1571 avtomobil realizatsiya qildi — bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 5 foizga kamroqdir.

GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi hisobot davrida 1,4 foizni tashkil qildi — ushbu ko‘rsatkich o‘zgarishlarsiz qoldi.

Yilning dastlabki to‘rt oyi yakunlariga ko‘ra, korxona Rossiyada avtomobil xaridlari hajmi bo‘yicha 17-o‘rinni band etdi.

Gentra modeli shu vaqt ichida eng yaxshi sotilgan mashinalar ro‘yxatida 25-o‘rinni, aprel oyi ro‘yxatida esa 24-o‘rinni egalladi. Rossiyada yanvar–aprelda bu rusumdagi mashinalardan 4386 dona, aprelda — 1078 dona sotildi.

Яндекс.Метрика